AsosiyMadaniyat

Janubiy Koreyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi

'Janubiy Koreyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi'ning rasmi

Joriy yilning 30 aprel kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari va Koreya Rivojlanish Instituti (KDI) hamkorligida “Koreyada O`zbekiston kuni” mavzusida madaniy tadbir o`tkazildi.

Mazkur tadbir Seul shahridagi Hongreong ilmiy majmuasida (Hongreung Knowledge Complex) o`tkazilgan bo`lib, unda ayni vaqtda Koreya Respublikasida stajirovka o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, Koreya Rivojlanish Instituti xodimlari, professor-o`qituvchilar va institut tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

5_2.png

Tadbirning dastlabki qismida, Koreyalik ishtirokchilar O`zbekistonning boy tarixi, qadimiy shaharlari, turizm imkoniyatlari, mazkur yo`nalishda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar hamda tarixiy madaniy meros ob`ektlari va go`zal tabiat maskanlari bilan batafsil tanishtirildi.

7_2.png

Tadbirning ikkinchi qismida yurtimizning moddiy madaniy merosi bo`lgan xalq hunarmandchiligi buyumlari va milliy kiyimlarni o`zida mujassam qilgan ko`rgazma o`tkazildi. Tadbir so`ngida ikki davlat vakillari birgalikda Xorazm lazgisiga raqsga tushgani Koreyalik mehmonlarning O`zbekiston madaniyatiga qiziqishini yanada orttirdi.

9.png

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatining yozishicha, O`zbekistonning serquyosh o`lkasida etishtirilgan meva mahsulotlari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va kelajakda sayoxat uchun yurtimizga tashrif buyurish istagi bildirildi.

    Boshqa yangiliklar