AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Turkiya mehnat migrantlarini himoya qilish to`g`risida bitim imzoladi

'O`zbekiston va Turkiya mehnat migrantlarini himoya qilish to`g`risida bitim imzoladi 'ning rasmi

O`zbekiston va Turkiya o`rtasida "Mehnat migrantlari va ularning oila a`zolari huquqlarini himoya qilish to`g`risida" Bitim imzolandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bitim O`zbekistonning Turkiyadagi hamda Turkiyaning O`zbekistondagi fuqarolari fuqarolari bo`lgan mehnat migrantlari va ularning oila a`zolari huquqlarini himoya qilish bilan bog`liq masalalarni tartibga soladi.

"Ushbu Bitimga muvofiq mehnat migrantlarini qabul qiluvchi davlatning hududida ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq ishlashi mumkin", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tomonlar o`z mamlakatlaridagi migrasiya oqimlarini tartibga solishda yordam berishadi va o`z mamlakatlarida noqonuniy mehnat migrasiyasini to`xtatish uchun hamkorlik qilishadi.

Bitimning bajarilishiga O`zbekiston tomondan Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Turkiya tomondan Mehnat va ijtimoiy ta`minot va Ichki ishlar vazirliklari mas`ul bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar