AsosiyDunyo

Parijdagi ommaviy tartibsizliklar aks etgan video YouTube kanaliga joylashtirildi (Video)

'Parijdagi ommaviy tartibsizliklar aks etgan video YouTube kanaliga joylashtirildi (Video)'ning rasmi

Euronews telekanali YouTube kanaliga 1 may namoyishida yuzaga kelgan ommaviy tartibsizliklar aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Ommaviy tartibsizlikda yuziga niqob taqqan 1,2 ming kishi ishtirok etgan. Polisiyachilar 200 ga yaqin namoyishchilarni qo`lga oldi. Ular savdo do`konlarini, ofislarni, ovqatlanish shahobchalarini vayron qilishgan, avtomobillarni yoqib yuborishgan.

Polisiya namoyishlarni tinchlantirish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan va vodometlardan foydalanishga majbur bo`ldi.

Ikki kunlik davlat tashrifi bilan Avstraliyaga ketgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo`layotgan voqealarni kuzatib turganligini, uning nomiga aytilayotgan tanqidlarning noo`rinligini ta`kidladi.


Boshqa yangiliklar