AsosiyJamiyat

Fuqarolar yig`inlari xodimlariga ish haqi tayinlash tartibi o`zgartirildi

'Fuqarolar yig`inlari xodimlariga ish haqi tayinlash tartibi o`zgartirildi'ning rasmi

Bundan buyon 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo`lgan va tog`li tumanlarda ham tashkil etiladigan mahallalarning fuqarolar yig`inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga ish haqi tayinlanadi.

“Bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1996 yil 10 dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o`zgartirish kiritish haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining yuqorida nomi qayd etilgan 1996 yil 10 dekabrdagi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlandi. Ya`ni, “Bunda shunga amal qilinsinki, ish haqi (maosh) hududlarida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarning fuqarolar yig`inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga tayinlanadi”, degan qoida o`z kuchini yo`qotdi. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.

Bu bilan 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo`lgan va tog`li tumanlarda ham tashkil etiladigan mahallalarning fuqarolar yig`inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga ish haqi tayinlashning huquqiy mexanizmi yaratildi.

Mazkur o`zgarishlar fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qo`llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash, bolali oilalarga nafaqalar to`lash uchun mo`ljallangan mablag`lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar