O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018 yil 26 aprel kuni o`tkazilgan majlisda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, hozirgi kunda “Yoshlar – O`zbekiston kelajagi” Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Bu maqsadda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi tuzilib, tezkor Shtab faoliyati yo`lga qo`yildi.
28-30 aprel kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida dastur loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik-idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosarlari hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari, shuningdek, malakali mutaxasssislar ishtirokida keng muhokama qilindi.
“Yoshlar – O`zbekiston kelajagi” Davlat dasturi loyihasi 5 ta yo`nalishda 131 ta banddan iborat bo`lib,yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning g`oya va tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash,yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandligini ta`minlash, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazish kabi muhim masalalarni qamrab olmoqda.
Dastur loyihasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasining 10 ta Qonuni loyihasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining12 taqarori loyihalarini ishlab chiqish ko`zda tutilmoqda.
Dasturga kiritish uchun takliflar bildirishni istovchilar o`z loyiha va tashabbuslarini tahlil@yi.uz manziliga yo`llashlari mumkinligini bildiramiz.
Manba: O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi






