“SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan investisiya loyihalarini amalga oshiradi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Qarorga ko`ra, “SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo`yicha ob`ektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo`yicha investisiya loyihalarini amalga oshiradi.
Shunga ko`ra, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda er uchastkalari ajratish vazifasi topshirildi.






