AsosiyDunyo

Shveysariya Alp tog`larida 5 kishi halok bo`ldi

'Shveysariya Alp tog`larida 5 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

14 kishilik chang`ichilar guruhidan omon qolganlardan 5 nafarining ahvoli og`ir ekanligi aytilmoqda. 4 kishi esa engil gipotermiya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Polisiyaning aytishicha tog`da to`satdan boshlangan qor bo`roni chang`ichilarni g`aflatda qoldirgan. Ular bir kecha ochiq havoda tunni o`tkazishga majbur bo`lishgan. Jabrlanganlarni qutqarish ishlariga 8 ta vertolyot jalb etildi. Halok bo`lganlardan biri tog`dan yiqilishi oqibatida, 3 kishi kasalxonaga olib borilgandan so`ng, yana bir kishi zarur tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay dushanba kuni vafot etdi.

Chang`ichilar Italiya, Fransiya va Germaniya fuqarolari bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar