AsosiyDunyo

Torontoda qurbon bo`lganlar yodga olindi

'Torontoda qurbon bo`lganlar yodga olindi'ning rasmi

Kanadaning Toronto shahridabundan bir necha kun avval yuk mashinasi haydovchisi piyodalar ustiga avtomobilni harakatlantirishi oqibatida 10 kishi hayotdan ko`z yumgan edi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Shaharda voqeaqurbonlarini xotirlash tadbirlari bo`lib o`tdi.

Toronto shaxri ko`chalarida minglab odamlar qurbonlarni xotiralash maqsadida turli tadbirlar o`tkazishdi. Shahar hokimiyati binosi oldida bo`lib o`tgan marosimda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va shahar gubernatori Jili Payet ham ishtirok etishdi.

Odamlar qo`llarida "Barchani sevish kerak, nafratga o`rin yo`q" degan yozuvli bannerlarni ko`tarib olishdi. O`n ikki soat davom etgan tadbirda marosim ishtirokchilari voqea sodir bo`lgan maydonga borishdi.

Mahalliy etnik va diniy guruh a`zolari ko`chalarda nutq so`zlab, odamlarni bag`rikenglik vaboshqalarga nisbatan mehrli bo`lishga chaqirishdi. Shundan so`ng, qurbonlar xotirasiga bag`ishlab motam qo`shig`i kuylandi.

Eslatib o`tamiz, 23 aprel kuni markaziy ko`chalardan birida haydovchi qasddan odamlar ustiga yuk mashinasini haydagan edi. Buning oqibatida 10 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, yana 16 kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Voqeani sodir etgan shaxs shu joyning o`zida qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar