AsosiyDunyo

Xitoyda egizaklar festivali bo`lib o`tdi

'Xitoyda egizaklar festivali bo`lib o`tdi'ning rasmi

Xitoyning Yunan provinsiyasida egizaklar xalqaro festivali bo`lib o`tdi, deb xabar berdi TASS nashri.

O`n to`rtinchi marotaba o`tkazilayotgan ushbu tadbirda minglab egizaklar ishtirok etdi.

Festivalda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan egizaklar ishtirok etishdi. Birgina Xitoyning o`zidan 22 juft egizak qatnashdi. Tadbir davomida egizaklar o`rtasida bir qancha musobaqalar ham tashkil etildi.

“Men bu festivalda deyarli har gal ishtirok etaman. Bu mening 12 marotaba qatnashayotgan festivalimdir. Festivalda o`zimiz kabi egizaklarni ko`rish yoqimli. Biz turli tadbirlarda o`z chiqishlarimizni namoyish etdik”, dedi egizaklardan biri Bai Xang.

Festival doirasida iste`dodli egizaklar ishtirokida konsert dasturlari ham bo`lib o`tdi. Shuningdek, ko`chalarda bayram ziyofatlari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar