YuNESKO Olmaotada sel xavfi hamda muzlarning erishidan ogohlantiruvchi mexanizmini joriy etishni taklif etdi.
Olmaota shahrida favqulodda vaziyatlar mavzusiga bag`ishlangan mintaqaviy forum yig`ilishida YuNESKOning Olmaota shahridagi tashkiloti loyiha mutaxassisi Kristine Tovmasyan o`z so`zida “Bu loyihani nafaqat Qozog`istonda, balki Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekistonda ham amalga oshirmoqchimiz. Loyiha, asosan, uch jihatga qaratilgan. Birinchisi, ma`lum tajriba hududlarida ogohlantiruvchi tizimni joriy etish; ikkinchisi, muzlarning erishi bilan bog`liq xatarlar haqida xabardor qilish. Masalan, Olmaotada juda ko`p xavfli suv omborlari mavjud. Nihoyat uchinchi jihat – vaziyatni monitoring qilish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarning salohiyatini oshirishdan iborat.
Loyiha bo`yicha takliflar ko`rib chiqilmoqda. Umid qilamizki, bir oydan so`ng uni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`lamiz va aniq tadbirlar va loyiha byudjetini belgilash uchun idoralar hamda tashkilotlar bilan uchrashuv o`tkazamiz. Taklifni moliyalashtirish masalasi Moslashuv jamg`armasi (rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko`rsatish, iqlim o`zgarishini muvofiqlashtirish jamg`armasi)ga kiritilgan”, deydi.
Ta`kidlash joizki, Dengiz ko`llarining qurishi va muzlarning erishi nafaqat sel va ko`chkilar bilan, balki yaqin kelajakda toza ichimlik suvining etishmasligi bilan ham xavflidir. BMT mutaxassislari iqlimning o`zgarishi natijasida 30 yildan so`ng Er yuzida 5 mlrd. aholiga toza ichimlik suvi etishmasligini taxmin qilmoqdalar. Bu haqda joriy yil 19 martda Braziliya shahrida o`tkazilgan Suv resurslariga bag`ishlangan VIII Jahon forumida BMT o`z hisobotida ta`kidlab o`tgan.
Unga ko`ra, suvning yuqori darajada ifloslanishi, yashil ekinlarning kamayishi va iqlimning o`zgarib borayotgani 2050 yilga kelib sayyoramizda iste`mol suvining halokatli tanqisligiga olib kelishi mumkin.






