AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi Ashxobod shahridagi yig`ilishda ishtirok etdi

'O`zbekiston delegasiyasi Ashxobod shahridagi yig`ilishda ishtirok etdi'ning rasmi

Joriy yilning 30 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Abdujabbor Abduvoxitov boshchiligidagi delegasiya Ashxobod shahrida bo`lib o`tgan «Markaziy Osiyoda BMTning Global Aksilterror Strategiyasini kompleks joriy etish yo`lida» mavzusidagi yuqori darajadagi yig`ilishda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Turkmaniston tashqi ishlar vazirliga va BMTning Markazii Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan yig`ilishda BMT Bosh kotibi o`rinbosari, Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, Markaziy Osiyo davlatlari yuqori mansabli vakillari ishtirok etdi va BMTning terrorizmga qarshi kurash bo`yicha loyihasi uchinchi fazasi boshlab berildi.

Mazkur loyiha Markaziy Osiyo davlatlarining terrorizm bilan kurashdagi sa`y-harakatlari davomi bo`lib, BMT va mintaqa davlatlari hamkorligini yangi darajaga olib chiqadi.

    Boshqa yangiliklar