AsosiyDunyo

Turkiya suriyalik qochoqlarga yordam qo`lini cho`zmoqda

'Turkiya suriyalik qochoqlarga yordam qo`lini cho`zmoqda'ning rasmi

Damashqning o`n minglab qochoqlari Idlibda jon saqlamoqda. Turkiya gumanitar tashkilotlari ularni qo`llab-quvvatlash uchun bor imkoniyatini ishga solayotir, deb yozadi Anado`li axborot agentligi.

Inson huquq-erkinliklarini himoya qilish va Turkiya gumanitar fondi (İHH) ning koordinatori Selim Tosunning ma`lum qilishicha, Idlibdagi Der Hassan manzilgohida Suriya poytaxti tashqarisidagi Xarest, Arbin, Ayn Terma kabi aholi yashash punktlari qochoqlari uchun 500 chodirli lager tashkil etilgan. Ularga İHH logistika markazi har kuni oziq-ovqat jo`natmoqda. Lager ahli salomatligi ham fond nazoratida. Kelgusida İHH suriyalik qochoqlar uchun maktab tashkil etishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar