AsosiyDunyo

Floridada ulkan bo`g`ma ilonlar botqoqlikdan shahar sari yo`l olishdi

'Floridada ulkan bo`g`ma ilonlar botqoqlikdan shahar sari yo`l olishdi 'ning rasmi

Amerikaning janubiy qismida joylashgan Florida shtatidagi botqoqliklarda yashovchi bo`g`ma ilonlar aholi zich yashovchi hududlar tomon harakatlanmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ilgari ulkan bo`g`ma ilonlar Evergleyds milliy qo`riqxonasida yashagan bo`lsa, endi ularni shaharga yaqin hududlarda ham uchratish mumkin. Biolog Jo Vasilevskining so`zlariga qaraganda, bo`g`ma ilonlar yarim orolning g`arbiy qirg`oqlarini egallashgan. “Men ularning shaharga yaqinlashganidan tashvishdaman”, dedi biolog.

Shu okrugda yashovchi Li Sara Robinsonning aytishicha, uning tanishlari ilgari ilonlar uchramagan joylarda bo`g`ma ilonlarniuchratib, birga tushgan rasmlarini tez-tez Facebook sahifasiga joylashtirishmoqda. Fort-Mayers shahrida yashovchi Dayan Chernou esa bo`g`ma ilonlar itiga hujum qilishidan xavotirda ekanligini ma`lum qildi.

Bunday bo`g`ma ilonlarning uzunligi o`rtacha 3,7 metrni tashkil etadi. Biroq ba`zi joylarda uzunligi 5,74 metr bo`lgan bo`g`ma ilonlarni ham uchratish mumkin. Shtat ma`muriyati bo`g`ma ilonlarni ovlash bo`yicha bir qancha musobaqalar uyushtirdi. O`tgan yildan beri shu yo`l orqali 850 ta bo`g`ma ilon yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar