Joriy yil 26 aprel kuni viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda ta`magir fermer qo`lga olindi.
Nomi oshkor etilmayotgan fermer xo`jaligi raisi Z.S. fuqaro S.Xurramovga pora evaziga er ajratib berishni va`da qilgan.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lum qildi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
Rais 2 ming 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






