Shu kunlarda mamlakatimiz va xorijning ko`plab OAVlarida 36 yoshli o`zbekistonlik olimning kashfiyoti haqida ma`lumotlarni eshitgandirsiz. Ilmiy izlanishlarini AQShda olib borayotgan fizika fanlari doktori Farrux Fattoev hamkasblarining gravitasion tӯlqinlar ustida olib borilgan ӯlchanishlaridan foydalanib yadroviy moddasi holat tenglamalarini aniqlashga, shuningdek, neytron yulduzining radiusi 14 km dan yuqori bӯla olmasliklarini isbotlashga muvaffaq bo`ldi. Bundan avval ham o`nlab ilmiy maqolalar yozgan Fattoev Hindiston, Italiya, AQSh kabi mamlakatlarda faoliyat olib borganligi aytilmoqda. Matbuotda doktor Fattoevning turmush o`rtog`i – Zebo Fattoeva huquqshunoslik yo`nalishida doktorlik dissertasiyasini yo`qlayotganlini, otasi esa mamlakatda taniqli fizika fani pedagogi, O`zbekisonda xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi, O`zbekisonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi Abdujabbor Fattoev ekanligi aytilgan.


Ma`lumot o`rnida aytish kerakki Fattoevlar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan bo`lib, Farrux Fattoevning ukasi Parviz Fattoevni tomoshabinlar “Mening yurtim” va “Sevimli” telekanallaridagi qator teleko`rsatuvlari bilan tanilgan telejurnalist sifatida bilishadi.







