AsosiyDunyo

Telegram bloklanganiga qarshi Moskvada norozilik namoyishlar bo`lib o`tmoqda

'Telegram bloklanganiga qarshi Moskvada norozilik namoyishlar bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida minglab odamlar telegramni bloklashga qarshi norozilik namoyishlarini o`tkazishmoqda.

Eslatib o`tamiz, 16 apreldan boshlab mamlakatda telegram messenjerini bloklash tartibi boshlangan.

Moskvada bo`lib o`tayotgan namoyishda 7,5 ming kishi ishtirok etayotgani qayd etildi. Ular qo`llariga yozuvli bannerlarni ko`tarib olishgan. Poytaxt aholisi telegram messenjerini qo`llab-quvatlashlarini ta`kidlashmoqda.

Namoyish ishtirokchilari qog`ozdan telegram ramzi bo`lgan qushni yasab atrofga uchirishgan.Polisiya vaziyatni nazoratga olgan bo`lib, namoyishlar chog`ida tartib saqlangan va fuqarolar xavfsizligi ta`minlangan.

Telegramni bloklash boshlanganidan so`ng, ushbu dasturdavlat xavfsizlik xizmatlariga shifrlangan xabarlarga kirish huquqini beruvchi sud qaroriga rioya qilishdan bosh tortgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa zaruriy holat yuzasidan ayrim xabarlarga kirishi kerakligi ta`kidlamoqda. Dasturni bloklash jarayonida"Roskomnadzor" davlat nazorat punkti boshqa veb-saytlarga kirishni to`xtatgan.

    Boshqa yangiliklar