AsosiyJamiyat

Anqara shahrida xorijiy OAV xodimlari uchun diplomatik jurnalistika kurslari ochildi

'Anqara shahrida xorijiy OAV xodimlari uchun diplomatik jurnalistika kurslari ochildi'ning rasmi

«Anadolu» axborot agentligi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) tomonidan tashkil etilgan kurslarda dunyoning 15 mamlakati, jumladan, Boltiqbo`yi hududi, Janubi-sharqiy Osiyo va Afrika davlatlarining jurnalistlari ishtirok etdi.

Bundan maqsad — jurnalistlarning umumiy tarmog`ini yaratish, diplomatik sohadagi voqealar va jarayonlarni yoritib berish, OAV vakillarini Turkiya siyosati bilan tanishtirib borish va shu orqali mamlakatlar o`rtasidagi axborot hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo`shishdan iborat.

«Anadolu» agentligi Axborot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi yordamchisi Xayri Chetinkush tinglovchilarga agentlik faoliyati to`g`risida so`zlab berdi.

Uning aytishicha, agentlik vakolatxonalari dunyo mintaqalarida joylashgan bo`lib, ular axborotlarni 13 tilda uzatib boradi, agentlik kelajakda ham ofislarini yanada kengaytirishni rejalashtirgan.

Tinglovchilar uchun o`quv rejasi doirasida ingliz tilida 78 soatlik amaliy va nazariy mashg`ulotlar olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar