Indoneziyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Bahrayn terma jamoasiga qarshi o`tkazdi, deb xabar bermoqda qo`mita matbuot xizmati.
Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 3:3 hisobida durang qayd etishdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarni Azizbek Amonov, Husniddin G`ofurov va Sanjar Qodirqulovlar kiritishdi.
Musobaqaning birinchi o`yinida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan olimpiya terma jamoamiz 2:2 hisobida durang qayd etgandi.
“PSSI-2018”
O`zbekiston OTJ – Bahrayn OTJ 3:3
Gollar: Azizbek Amonov (44), Husniddin G`ofurov (72), Sanjar Qodirqulov (90+3) – Hoshim Hoshim (35, pen.), Muhammad Marhun (51, 58).
O`zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Nurillo To`xtasinov, Islom Kenjaboev, Hojiakbar Alijonov, Andrey Sidorov, Azizbek Amonov, Doniyor Narzullaev, Husniddin G`ofurov, Ilhom Alijonov.
Bahrayn OTJ: Sayid Muhammad Subhar, Ahmad Bugammar, Husayn Sabba, Muhammad Marhun, Abdulaziz Almansuriy, Hasan Alkarrani, Hoshim Hoshim, Jasim Alsalama, Adnan Alshirah, Abbos Alasfur, Yusuf Shabaan.
Hakam: Yudi Nurchaya (Indoneziya)
Endi 3 may kuni O`zbekiston OTJ musobaqa mezboni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
03.05.2018. 17:30. Indoneziya – O`zbekiston.






