AsosiySiyosat

Yigirmadan ortiq hujjat imzolandi, investisiyaviy loyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishildi

'Yigirmadan ortiq hujjat imzolandi, investisiyaviy loyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishildi'ning rasmi

Ko`ksaroyda o`tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Rejep Tayyip Erdog`an O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarishga qaratilgan Qo`shma bayonotni imzoladilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o`rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta`lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, Toshkentda bo`lib o`tayotgan O`zbekiston – Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investisiyaviy loyihalar bo`yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar