Joriy yilning 26 aprelida Sankt-Peterburg shahrida ilm-fan sohasiga oid nufuzli tadbir tashkil etilgan edi.
Rossiya federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ochib bergan mazkur tadbir Rossiya rektorlar uyushmasining tarixiy s`ezdi bo`lib, unga xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy ta`lim muassasalari vakillari ham taklif etildi.
O`zA xabariga ko`ra, xalqaro tadbir mehmonlari safidan O`zbekiston oliy ta`lim muassasasi vakillari ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdan O`zMU rektori Avazjon Marahimov mazkur s`ezdda ishtirok etib, uyushmaning rektorlar hay`ati raisi o`rinbosarligiga tayinlandi.
Ma`lumot uchun: Tashkil topganiga bu yil chorak asr bo`lgan Rossiya rektorlar uyushmasi umumdavlat jamoatchilik tashkiloti hisoblanib, unga RF OTMlarining 700 ga yaqin rektori a`zo hisoblanadi. Mazkur uyushma oliy ta`lim sohasini barqaror va innovasion rivojlantirish, mahalliy va xorijiy OTM rahbarlari uchun keng va samarali muloqot, tajriba almashish platformasini yaratish kabi vazifalarni bajarib keladi.






