AsosiyJamiyat

Ulamolarimiz xalqaro anjumanda ishtirok etadi

'Ulamolarimiz xalqaro anjumanda ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari shayx Abdulaziz Mansur va Diniy idora Masjidlar bo`limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov 2018 yilning 1-3 may kunlari Indoneziyaning Bogor shahrida “Islomda vasatiylik (mo``tadillik)” mavzusida bo`lib o`tadigan yuqori darajadagi anjumanda ishtirok etish uchun Jakarta shahriga jo`nab ketishdi. Bu haqda O`MI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur anjuman Indoneziya Prezidenti J. Vidodoning nutqi bilan ochiladi, unda dunyoning 45 davlatidan vakillar taklif qilingan.

Mazkur anjumanni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad – “Vasatiya (mo``tadillik)” mavzusining Islomda tatbiq etilishi bo`yicha ulamolar o`zaro ma`lumot va tajriba almashishidir.

    Boshqa yangiliklar