AsosiyJamiyat

Milliy aviakompaniya navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini oladi

'Milliy aviakompaniya navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini oladi'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Boeing korporasiyasi navbatdagi Boeing-787-8 Dreamliner yo`lovchi samolyotini etkazib berish bo`yicha shartnomani imzoladi. Ushbu qo`shimcha samolyotni hisobga olgan holda, O`zbekistonning milliy aviatashuvchisi 2020 yilgacha o`z parkida ushbu turdagi oltita samolyotga ega bo`ladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qilmoqda.

Joriy yilning may oyi o`rtalarida etkazib berilishi kutilayotgan uchinchi Dreamliner MAK aviaparkida mavjud bo`lgan avvalgi ikkita Boeing-787-8 Dreamliner’dan yo`lovchi o`rindiqlarining soni oshig`ligi - umumiy soni 270 (biznes klassda 24ta, iqtisod klassda 246ta) va ekipaj dam olishi uchun alohida bo`linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.

Ushbu samolyotda ham aviakompaniyaning boshqa Boeing-787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi yonilg`i tejash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o`rnatilgan.

Bugungi kunda MAK Boeing-787 Dreamliner’larida Nyu-Yorkka to`g`ridan-to`g`ri parvozlar va boshqa xalqaro yo`nalishlardagi qatnovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar