AsosiyJamiyat

Xalqaro olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi

'Xalqaro olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik liseyi direktori Ortiqboy Eshonqulovning Ukraina Respublikasidan xabar berishicha, Minsk shahrida 23 – 29 aprel kunlari bo`lib o`tgan 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan mazkur nufuzli olimpiadada mamlakatimiz vakillari 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo`lga kiritishib, yurtimizda ilm-fanga qaratilgan yuksak e`tiborni yana bir bor amalda namoyon etdilar.

Jumladan, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik liseyi (1 ta kumush, 3 ta bronza), Namangan viloyati (1 ta kumush) hamda Toshkent viloyati (1ta bronza) vakillari sovrindorlar safidan joy olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar