AsosiyDunyo

Muborak Ramazon oyida BAAda ish soatlari qisqaradi

'Muborak Ramazon oyida BAAda ish soatlari qisqaradi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) byudjet tashkilotlarining ishchi va xizmatchilari muborak Ramazon oyida qisqartirilgan ish soati tartibida ishlashi e`lon qilindi. Bu haqda info.islom.uz nashri xabar berdi.

Federal hukumat qaroriga ko`ra, 2018 yilgi Ramazon oyida davlat idoralari xodimlari ertalab soat 09:00dan 14:00gacha ishlaydi.

Hukumat byudjet tashkilotlari xodimlarini yangi tartibga qat`iy rioya qilishga chaqirdi.

BAA federal qonunlariga muvofiq ayrim hukumat rasmiylari yoki xodimlari bajaradigan vazifalariga qarab ishga kelmasligi mumkin.

Shunday bo`lgan taqdirla ular o`z rahbarlarini Ramazon oyida ishga bormasliklari to`g`risida vaqtida ogohlantirishlari yoki favqulodda ta`tilga chiqishni so`rab ariza yozishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar