AsosiyDunyo

Shahzoda Uilyam jamoatchilik oldida uyquga ketdi

'Shahzoda Uilyam jamoatchilik oldida uyquga ketdi 'ning rasmi

Shahzoda Uilyam bayram tadbiri o`tkazilayotgan vaqtda ko`zlari yumilib, uyquga ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Uilyamning yonida ukasi Garri va uning qallig`i Megan Markllar bor edi. Mazkur video Buyuk Britaniyada nishonlangan diniy bayram vaqtida suratga olingan.

Foydalanuvchilar darrov shahzoda Uilyamni himoya qilib, uning bir necha kun ilgari uchinchi marotaba ota bo`lganligini, bu charchash uchun sabab bo`la olishini misol keltirishdi.

O`tgan dushanba — 23 aprel kuni shahzoda Uilyams va rafiqasi Kembrij gersoginyasi Keytlarning oilasida o`g`il farzand dunyoga keldi. Qirollik oilasi yangi tug`ilgan chaqaloqqa Lui Artur Charlz deb ism qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar