AsosiyDunyo

Britaniyada haydovchi mashinani uch marotaba odamlar ustiga haydadi

'Britaniyada haydovchi mashinani uch marotaba odamlar ustiga haydadi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Nyuport shahri markazida engil mashina haydovchisi avtomobilni uch marotaba odamlar ustiga haydadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Hodisa oqibatida to`rt kishi jabrlandi, ular kasalxonaga yotqizildi. Odamlar mashinani to`xtatib, undan haydovchini tushirishga harakat qilishgan. Biroq haydovchi tezlikni oshirib, qayta-qayta olomon ustiga mashina haydab, ularni bosishga uringan. Birozdan so`ng avtomobil voqea joyidan biroz narida yoqib yuborilgan holda topilgan.

Jinoyat yuzasidan 20 yoshli qora tanli yigit qo`lgan olingan. Hozircha uning ismi-sharifi oshkor etilmagan. Polisiya tergovni davom ettirmoqda.

Nashrning xabar berishicha, voqea yuz bergan vaqtda Nyuport shahrida olti ming nafar yuguruvchi ishtirokidagi marafon o`tkazilayotgan bo`lgan. Mazkur hodisadan so`ng shahar ko`chalaridan biri batamom yopilgan.

    Boshqa yangiliklar