AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik marafonchi bugun Toshkentga piyoda yo`lga chiqdi

'Qoraqalpog`istonlik marafonchi bugun Toshkentga piyoda yo`lga chiqdi'ning rasmi

Bugun ertalab Beruniy tumani «Tinchlik» OFY turg`uni Ravshan Yaxshimuradov Toshkentga piyoda yo`lga chiqdi. Uni hudud aholisi tantanali ravishda kuzatib qo`ydi va oq yo`l tiladi. Bu haqda Qoraqalpog`iston axborot agentligi xabar tarqatmoqda, deb yozadi O`zA.

Beruniy tumanidan Toshkent shahrigacha masofani (deyarli 1200 km) piyoda bosib o`tish istagi borligini ma`lum qilib, bu haqda televidenie, matbuot va Yozuvchilar uyushmasiga xabar berilishini so`rab murojaat qilgan hamda safar yakuni bilan shu haqda kitob yozmoqchi ekanligini bildirgan yurtdoshimiz shu vaqtgacha bu tadbirga puxta tayyorgarlik ko`rdi.

Eslatib o`tamiz, R.Yaxshimuradov joriy yil 5 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qilib, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdig`anievich Karimovning esdaligiga bag`ishlab Beruniy tumanidan Toshkent shahrigacha piyoda yo`l bosib o`tishi istagini bildirib, mazkur tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib borilishini so`ragan edi.

photo5131986637818013744.jpg

    Boshqa yangiliklar