AsosiySport

Shohjahon Ergashev WBA International kamarini qo`lga kiritdi (video)

'Shohjahon Ergashev WBA International kamarini qo`lga kiritdi (video)'ning rasmi

Bugun o`zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev AQShda o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi.

Hamyurtimizga ushbu jangda xitoylik Jiming Vang raqiblik qildi. 10 raund davom etgan jang yakuniga ko`ra, Shohjahon 100:90, 99:91, 100:90 hisoblarida g`alaba qozondi va WBA International kamari sohibiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Ma`lumot uchun, Shohjahon bungacha professional ringda 12ta jang o`tkazgan va ularning barchasida nokaut
evaziga g`alaba qozongan edi. Bugungi g`alaba bokschimiz uchun faoliyatidagi 13-jang bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar