AsosiyDunyo

Haydovchi avtobusni tor ko`chada mohirona boshqardi (Video)

'Haydovchi avtobusni tor ko`chada mohirona boshqardi (Video)'ning rasmi

Shveysariyalik haydovchi Kristian Griz (Christian Grize) Italiyaning Triora qishlog`i tor ko`chalarida ulkan avtobusni mohirona boshqarganligi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Haydovchining aytishicha, hamkasblari allaqachon buni uddalashgani haqida uni ishontirishga harakat qilishgan. U boshqargan sayyohlar avtobusi ulkanligi tufayli ko`chaga arang siqqan. Barcha tor va xavfli ko`chalar ortda qolganini ko`rgan sayyohlar Kristianni qarsaklar bilan olqishlashdi.

Mazkur voqea aks videoni Facebook ijtimoiy tarmog`ida 1,3 million kishi tomosha qilgan, 17 ming nafar foydalanuvchi esa uni do`stlari bilan bo`lishgan.


Boshqa yangiliklar