AsosiyJamiyat

Endilikda homiladorlik va tug`ish nafaqasi uchun uchun qancha to`lanadi?

'Endilikda homiladorlik va tug`ish nafaqasi uchun uchun qancha to`lanadi?'ning rasmi

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bog`liq holda homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqalar miqdoriga taalluqli o`zgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz. Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan:

  • 6 oygacha – o`rtacha oylik ish haqining 50%i;
  • 6 dan 12 oygacha – 75%i;
  • 12 oydan ortiq – 100%i.

Endi esa 6 oygacha bo`lgan ish stajida nafaqalarni to`lash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo`lganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75% (quyidagi jadvalga qarang). Ya`ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta`tili»ga chiqqan bo`lsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi.

2018 yilning 5 apreliga qadar

2018 yilning 5 aprelidan boshlab

Amalda ishlangan davr

Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori

(o`rtacha oylik ish haqining)

Amalda ishlangan davr

Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa miqdori

(o`rtacha oylik ish haqining)

6 oygacha

50%i

Bekor qilingan

6 oydan 12 oygacha

75%i

12 oygacha

75%i

12 oydan ortiq

100%i

12 oydan ortiq

100%i

Shuningdek, e`tiboringizga moliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan infografikani havola etamiz.

    Boshqa yangiliklar