AsosiySport

Fazliddin UFC haqida: "Vaqt o`tib hamma narsa bo`lishi mumkin"

'Fazliddin UFC haqida: "Vaqt o`tib hamma narsa bo`lishi mumkin" 'ning rasmi

Olimpiada chempioni, bugungi kunda AQShda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin G`oibnazarov instagramiga ajoyib surat joylashtirdi, deb yozadi "Olamsport" nashri.

U UFC chempionlik kamarini ko`tarib suratga tushgan va quyidagicha izoh qoldirgan: "Vaqt o`tib hamma narsa bo`lishi mumkin ;) ".

Katta ehtimol bilan, bokschimiz bu bilan "vaqti kelib men ham UFC da jang qilishim mumkin" degan. Nima bo`lganida ham Fazliddinga sportchilik faoliyatida omadlar tilaymiz. U boks bo`ladimi yoki aralash qoidalar jangi bo`ladimi, omadini bersin deb qolamiz.

    Boshqa yangiliklar