Ayni kunlarda Evropaning bir qator mamlakatlarida bahorga xos bo`lmagan issiq havo harorati kuzatilmoqda. Jumladan, Fransiya poytaxti Parij shahrida ham.
Mana bir necha kundan Fransiya poytaxti Parijda quyoshli kunlar davom etmoqda. Hozirda havo harorati 26 daraja issiqni ko`rsatmoqda. Apreli oyining xuddi yoz kabi issiq bo`lishi shahar aholisini hayratga solmoqda. Odamlar markaziy bog`lar va suv havzalari atrofida sayr qilib quyosh nurlaridan bahra olishmoqda.
Odatda Fransiyada bahor oylari yog`ingarchilik bilan o`tadi. 26 daraja issiq bo`lishi esa yoz oylarida kuzatiladi. Soha mutaxsislarining bergan ma`lumotlariga qaraganda, havo harorati 28-29 darajagacha ko`tarilishi kutilmoqda. Bu esa rekord daraja sifatida qayd etiladi. Meterologiya sohasi vakillari bunday ob-havo sharoiti hafta so`ngiga qadar davom etishi mumkinligini ma`lum qilishdi.






