AsosiyJamiyat

Eko sayohat: yoshlar 6 asrlik chinor daraxti, «Navoli» soy, osma ko`prik va sharsharada (foto)

'Eko sayohat:  yoshlar 6 asrlik chinor daraxti, «Navoli» soy, osma ko`prik va sharsharada (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Bo`stonliq tuman Kengashi qoshida "Yoshlar turizmi markazi" tashkil etilgan. Ushbu markaz tomonidan sohaga qiziquvchi 80 nafar yoshlar ishtirokida ularni ichki turizm bilan yaqindan tanishtirish, tumanning turistik salohiyatini namoyish etish maqsadida «Biz bilan sayohat qil!» eko sayohat loyihasi tashkil etildi.

Eko sayohat ishtirokchilariga tumanning betaktor tabiati, so`lim go`shalari, qadimiy yodgorliklari haqida ma`lumot berildi. Ular Xojikent qishlog`ida joylashgan 6 asrlik chinor daraxti, antik davrdan qolgan (o`rta paliolit) qadimiy tog` yon bag`ridagi yozuv va rasmlar, "Sijjak" qishlog`ida joylashgan shifobaxsh «Navoli» soy, "Nanay" qishlog`idagi diqqatga sazovor joy bo`lmish — osma ko`prik va sharshara, "Bog`iston" qishlog`ida joylashgan "Shayx Umar Vali Bog`istoniy" ziyoratgohi bo`ylab sayohat qilishdi.

— Sayohat ichki turizm sohasidagi bilimlarimizmi oshirdi. Tumanimiz va yurtimizning takrorlanmas faunasi boshqa hech qaerda uchramasligi menga g`urur bag`ishladi. Vatanimga bo`lgan muhabbatim yanada oshdi, - dedi sayohat ishtirokchisi Sadulla Abdusaliev.

Sayohat Bo`stonliq yoshlarida unutilmas taassurot qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar