AsosiyDunyo

Dvigateli portlagan samolyotni ayol uchuvchi saqlab qoldi (Video)

'Dvigateli portlagan samolyotni ayol uchuvchi saqlab qoldi (Video)'ning rasmi

AQShda mamlakat tarixidagi eng fojiaviy aviahalokatlardan biri yuz berdi, deya xabar berdi Ren.tv nashri.

Nyu-York–Dallas reysi bo`yicha havoga ko`tarilgan “Boing” samolyotining dvigateli havodayoq portlab ketdi. Samolyot bortida qariyb 150 dan ortiq kishi bor edi.

“Boing” havoga ko`tarilgach, 20 daqiqadan oshmayoq, dvigatellardan biri ishdan chiqib portlagan. Filadelfiya uzra uchib o`tayotgan samolyot shaharga qo`nishga majbur bo`ladi.

Keyinroq ma`lum bo`ldiki, samolyotni ayol uchuvchi boshqarayotgan ekan: Temmi Shuls samolyotni bitta dvigatel bilan ham qo`ndirishga muvaffaq bo`lgan.

Aviahalokat oqibatida bir kishi halok bo`lgan, yana 20 kishi jabr ko`rgan.


Boshqa yangiliklar