AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentda 1,5 balli er qimirlashi kuzatildi

Toshkent seysmostansiyasi ma`lumotlariga ko`ra bugun Toshkent vaqti bilan 08:58 da shahrimizda er qimirlashi kuzatildi, deya xabar beradi Podrobno.uz sayti.

Er qimirlashining episentri Toshkentdan 520 kilometr uzoqlikda janubi-sharqiy yo`nalishda, Hindiqush tog`lari (Afg`oniston)da bo`lgan.

Er qimirlashi magnitudasi 5,5 ballni episentrda esa 4,5 ballni tashkil etgan. Toshkent aholisi 1,5 ball, Farg`ona 2 ball, Termizda aholisi esa 2,5 ballik er silkinishini sezishgan.

Er qimirlashidan zarar ko`rganlar, vayronagarchiliklar haqida hech qanday ma`lumot yo`q. 

    Boshqa yangiliklar