AsosiyJamiyat

Soliq qo`mitasi rezidentlik faktini tasdiqlash interaktiv xizmatini ishga tushirdi

Davlat soliq qo`mitasining rasmiy saytida «Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O`zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashgan joyi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish» bo`yicha yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi.

Tadbirkorlik sub`ektlari va aholiga tezkor, sifatli interaktiv xizmatlar ko`rsatilishini ta`minlovchi «Elektron hukumat» tizimini yaratishga yo`naltirilgan oqilona siyosat doirasida Davlat soliq qo`mitasi tomonidan soliq xizmati organlari faoliyatining barcha yo`nalishlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tadbiq etish bo`yicha doimiy ishlar amalga oshirilayotganligi, o`zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Davlat soliq xizmati organlarining mazkur yo`nalishdagi asosiy faoliyati soliq ma`murchiligini avtomatlashtirish va davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv formatga o`tkazish hisoblanadi.

Joriy yilning 5 mayidan boshlab Davlat soliq qo`mitasining rasmiy saytida (www.soliq.uz) yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun «Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O`zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashgan joyi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish» yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi.

Ushbu interaktiv xizmat orqali davlat soliq xizmati organlari O`zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o`rtasida tuzilgan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish bo`yicha xalqaro kelishuv qoidalarini qo`llash maqsadida murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar O`zbekiston Respublikasi rezidentlari ekanliklarini tasdiqlab beradi.

Interaktiv xizmatdan foydalangan holda tegishli ishlar amalga oshirilgach, Davlat soliq qo`mitasi tomonidan «Rezidentlik sertifikati» avtomatik tarzda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda soliq to`lovchining arizasida ko`rsatilgan pochta manziliga yuboriladi.

 

    Boshqa yangiliklar