2018-2019 o`quv yilidan boshlab oldingi, 11-yillik majburiy ta`lim tizimiga o`tish munosabati bilan kollejlar faoliyatini qayta tashkillashtirishga qaror qilindi. Bundan buyon o`zbekistondagi barcha kollej turidagi o`quv muassasalarida o`qish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bepulo`qish faqat alohida toifadagi fuqarolar, jumladan kam ta`minlangan oilalar uchun saqlanib qoladi.
Qarorda aytilishiga ko`ra, davlat bepul o`qish uchun grantlar ajratadi. Grant asosida o`qishni bitirgan talabalar o`z kasbi bo`yicha viloyatlarda kamida 3 yil mehnat qilishlari shart bo`ladi.
Hujjatda qayd etilishiga ko`ra, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi rejali tartibda qisqartirib boriladi. Uch yildan keyin esa, 2017 yilda o`qishga kirgan talabalar bitirganidan so`ng, kollejlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi to`xtatiladi.
Shundan so`ng kollejlar o`quvchilarining kontrakt puli, ular biriktirilgan muassasalar, sanoat korxonalari va banklar homiyligi asosida kun kechiradi.






