AsosiyJamiyat

Surxondaryoda aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi 48 foizni tashkil etadi

'Surxondaryoda aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi 48 foizni tashkil etadi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 170 kilometrlik ichimlik suv tarmog`i quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Natijada 200 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suvi ta`minoti yaxshilanadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yili 56 milliard so`m mablag` evaziga 222 kilometr masofadagi ichimlik suvi tarmog`i qurilgan. Ayni paytda viloyatda aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi 48 foizni tashkil etadi.

Ayni paytda viloyatdagi 6 ming 800 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog`idan 2 ming 400 kilometri ta`mirtalab bo`lib qolgan. Eskirgan suv quvurlarining bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilayotgani va ichimlik suvi bilan ta`minlanmagan aholi punktlariga suv quvurlari tortilayotgani joylarda yuqumli kasalliklar, ayniqsa, bolalar o`rtasida virusli gepatitning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatdagi yirik «Xo`jaipok» tumanlararo suv quvuri, «Qo`rg`on», «G`urin», «Saroy» suv taqsimlash inshootlari va suv quvurlarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlarining yakunlanishi Qiziriq, Qumqo`rg`on tumanlarida ichimlik suvi ta`minotini yaxshilaydi. Dasturga qo`shimcha Qiziriq tumanidagi 3-suv taqsimlash inshootining ta`mirlanishi 30 ming aholining suv ta`minotini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Mustaqillikning 27 yillik bayrami arafasida Boysun tumanidagi shifobaxsh «Xo`jamayxona» bulog`i suvi Boysun tumani markaziga etib boradi. 36 kilometr masofadan tog`li tumanga toza ichimlik suvi olib kelish uchun 58 milliard so`m mablag` yo`naltirilgan. Kelgusi yil mazkur loyihaning ikkinchi bosqichida Sariqamish, Pudina, Pulhokim, Inkobod, Omonxona, O`rtabo`z, Dashtig`oz, Rabot qishloqlari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar