Buxoro Avtomobil va yo`llar kollejida “2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” munosabati bilan texnik konferensiya bo`lib o`tdi.
- Ushbu texnik-transport vositasini yasash uchun tinimsiz izland

im. Yarim yildan ko`proq vaqtni metallar yig`ishga sarfladim, desam adashmayman.
Qishloq xo`jaligida foydalanishga qulay va ixcham bu traktor yordamida 3-4 litr yonilg`i bilan 15-20 sotx er maydonini ag`darish, uni baranalash va lozim bo`lsa, hosilni yig`ish ishlarini ham amalga oshirish mumkin,-deydi transportlarni tashish va boshqarishni tashkil etish yo`nalishi 3-bosqich o`quvchisi Shahzod Jabborov.
Qishloq xo`jaligi erlari unumdorligini oshirishdan tashqari, hovli ichidagi bog` va gulzor maydonlarini ham ag`darish, baralanash va ishlov berishga moslashtirilgan bu texnik vosita ixtirochisi Shahzod Jabborov uning sonini oshirish yo`lida izlanayotganini bildirdi. Bir nechta fermer xo`jaliklar bilan bitiruvchi kollej o`quvchisining shartnomalar imzolashga muvaffaq bo`lgani texnik konferensiyaning eng diqqatga sazovor jihati bo`ldi.






Shahzod singari 14 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. O`z ko`rgazmasi bilan qatnashgan Buxoro neft va gaz kolleji o`quvchisi Rahmatilla Hojievning “Quyoshli suv kollektorlarini tadqiq etish va optimal quyoshli isitish tizimini yaratish” loyihasi ham diqqat markazda bo`ldi. “Bundan ko`zlangan maqsadning ustunlik jihati – yashash joylarini suv kollektorlarini bilan ta`minlash issiqlik tizimiga ulanishni talab etmaydi. Kollektorda yig`ilgan yomg`ir va qor suvlari ichki qayta ishlov berish uskunasi orqali oddiy quvurlar yordamida uylarga tarqatiladi”,-deydi Rahmatilla o`z ko`rgazmali maketiga izoh berar ekan.
Texnik konferensiyada Ahmad Ahmedov, Behruz To`xtamishev, Mizrob Navro`zov, Otabek Inoyatov, Zafar Kamolov kabi yosh ixtirochilar ishlari munosib baholandi. Har birining ishlanma, loyihalari doimiy ravishda tajribali mutaxassislar diqqat markazida bo`lishi, yaratuvchanliklarini qo`llab-quvvatlash, ularga ko`maklashish bugungi kunning dolzarb talabi ekanligi ta`kidlandi.
14 nafar ishtirokchi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi. O`z ixtirosi va yaratuvchanligi bilan peshqadam bo`lgan Shahzod Jabborov ta`lim muassasasi tomonidan eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Abdulla Rajabov
Buxoro






