AsosiyJamiyat

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 xodimiga yangi xonadonlar topshirildi

'Favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 xodimiga yangi xonadonlar topshirildi'ning rasmi

3 yanvar kuni poytaxtning Yunusobod tumani, Qoraqamish ko`chasida favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 nafar harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar taqdim etish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tadbirni favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djuraev ochib berdi va barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so`ng xonadonlarning kalitlari o`z egalariga topshirildi.

R. Djuraev yangi barpo etilgan xonadonlarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning oila-a`zolari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Shuningdek, xizmat vaqtida halok bo`lgan mayor I. Isroilovning oilasiga ham yangi xonadonning kaliti tantanali ravishda topshirildi. R. Djuraev xonadon sohiblarini samimiy qutlash chog`ida bugungi kunda hukumat tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e`tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida alohida to`xtalib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar