Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik oddiy askar Semyon Merejnikovning konservani olovda isitaman, deb bahosi 28 million rubl bo`lgan BTR-82 harbiy texnikasini yoqib yuborgani aks etgan video tarqaldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Astraxan garnizoni harbiy sudining qaroriga binoan Semyon Merejnikov 6 oy davomida intizomiy harbiy qismda xizmat olib boradigan bo`ldi.
Voqea 2017 yilning may oyida ro`y berganiga qaramay, bu haqda endi ma`lum bo`ldi. Yonib ketgan BTR-82 o`quv mashg`ulotlari o`tkazilayotgani tufayli to`r, brezent va quruq o`t bilan o`rab qo`yilgan edi. Olov ularning yonib ketishiga sabab bo`lgan.






