Toshkent aeroporti 6 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti sababli havo kemalarini qabul qilish uchun yopildi.
"O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi noqulay meteosharoit tufayli Toshkent aeroporti havo kemalarini qabul qilmayotganligini bildiradi.
"Havo maskani atrofini kuchli tuman qoplagan, ko`rish chegarasi esa belgilangan minimumdan past. Xalqaro qoidalarga ko`ra bunday sharoitda havo kemalarini qo`ndirish taqiqlanadi", - deyiladi Milliy aviakompaniya xabarida.






