AsosiyDunyo

PETERBURGLIK ShIFOKORLAR ENG SO`NGGI BOSQIChDAGI SARATONNI DAVOLASh USULINI O`YLAB TOPIShDI

'PETERBURGLIK  ShIFOKORLAR  ENG SO`NGGI BOSQIChDAGI SARATONNI DAVOLASh USULINI  O`YLAB TOPIShDI'ning rasmi

Sankt-Peterburglik shifokorlar saraton kasalligini davolash bo`yicha haqiqiy inqilob qilishdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Ular xorij klinikalarida saratonning so`nggi bosqichida, davolashdan umid yo`q, deb hisoblangan bemorlarning hayotini saqlab qolishni o`rganishdi.

Peterburglik professor Evgeniy Levchenko izolyasiyalangan kimyoperfuziya usuli bilan ikki yuzdan ortiq bemorni o`limdan qutqardi. U azaldan ma`lum bo`lgan jarrohlik usulidan foydalangan holda saratonning to`rtinchi bosqichidagi bemorlarni hayotga qaytardi.

Levchenko usuli bilan barcha bemorlarga yordam berishning iloji yo`q. Shunga qaramay, o`tkazilgan jarrohlik operasiyalari har ikkinchi bemorning tuzalib ketishiga sabab bo`lmoqda. Evgeniy Levchenkoning mazkur usuli bilan evropalik mutaxassislar qiziqmoqda.

    Boshqa yangiliklar