AQSh prezidenti Donald Tramp «Olov va g`azab: Trampning Oq uyi» nomli kitob muallifi Maykl Vulfni tuhmatda aybladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
“Men yolg`on va tuhmatlar asosida yozilgan kitob muallifining Oq uyga kirishini taqiqladim. U hech qachon men bilan mazkur asar yuzasidan suhbatlashmagan. Kitob hech qachon bo`lmagan voqealar va yolg`on manbalar asosida yozilgan”, deb yozdi Tramp o`zining Twitter sahifasida.
Chorshanba kuni ba`zi bir OAVlar jurnalist Maykl Vulffning «Olov va g`azab: Trampning Oq uyi» nomli asaridan parchalarni chop etgan edi. Oq uy Vulffni yolg`onchilikda aybladi va Trampning shaxsiy advokati nashriyotga mazkur kitobni chop etmaslik va OAVlarda undan parchalar bermaslikni talab qilib, xat yozdi.






