Zarur masalliqlar: xamiriga: 200 gr. sariyog`, 3 stakan un, 1 stakan smetana, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; ichiga solishga: 200 gr. tvorog, 1 stakan shakar, vanilin.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni ko`pirtiring. Iste`mol sodasini smetanaga qo`shib, sariyog`ga soling. Oz-ozdan un solib, yaxshilab aralashtiring. Tayyor xamirning ustini yopib tindiring.
2. Tvorogga shakar qo`shib, bir xil masalliq hosil bo`lguncha aralashtiring. So`ngra vanilin soling.
3. Xamirdan 40 zuvala yasang. Har birini oval shaklida yoying. Ichiga tvorogli aralashmadan solib, tuging. Banan shakli hosil bo`lsin.
4. Pishiriq qog`ozi solingan patnisga bananlarni terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying.
1 soat
8 kishilik
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






