Ota-onamdan qolgan uyda akam yashab kelmoqda. Mening ro`zg`orim bo`lak, turmush o`rtog`imning uyiga «propiska» qilinganman. Aytingchi, vasiyatnoma bo`lmasa ham ota-onamga tegishli bo`lgan uyga merosxo`r bo`la olamanmi yoki yo`q?
Ismi sir tutildi.
Shaxs mulkka nisbatan vasiyatnoma qoldirmasdan vafot etgan holatlarda uning turmush o`rtog`i, farzandlari, ota-onasi va farzandlikka olinganlar birinchi navbatdagi voris hisoblanishadi. Qonun bo`yicha siz ota-onangizning merosxo`ri sanalganingiz bois uyga nisbatan meros guvohnomasini rasmiylashtirish uchun mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasiga murojaat etishingiz lozim.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






