AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “IMPLANTNI YaNGILASA BO`LADIMI?”

'Shifo maslahat: “IMPLANTNI YaNGILASA BO`LADIMI?”'ning rasmi

— Bir yil avval onam implant tish qo`ydirgandi. Aytishlaricha, tish noto`g`ri joylashib qolgan va vaqti-vaqti bilan bezovta qilayapti. Implant tishni olib tashlab, o`rniga yangisini qo`ysa bo`ladimi yoki bir marta qo`yilgan implant qayta yangilanmaydimi?

Behzod Akromov, Toshkent viloyati

Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV, oliy toifali shikofor-stomatolog:

— Volidangiz qo`ydirgan implant og`riq berib, bezovta qilayotgan bo`lsa, demak, implant atrofidagi to`qimada yallig`lanish jarayoni boshlangan bo`lishi mumkin. Bunday holatda albatta implantolog tekshiruvidan o`tib, zarur hollarda implant olib tashlanadi. Yallig`lanish bartaraf etilgach, suyak qayta tiklanishi kutiladi va uch oy ba`zan olti oydan keyin implantni qayta qo`yish mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar