Zarur masalliqlar: 350 gr. qaynatilgan mol go`shti, yarim banka konservalangan makkajo`xori, 4 ta tuzlangan bodring, 1 bosh piyoz, ko`kpiyoz, kinza, salat bargi, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan mol go`shti, piyoz va tuzlangan bodringni maydalab to`g`rang. So`ngra masalliqlarni aralashtiring.
2. Ko`katlarni ham maydalab, salatga qo`shing.
3. Konservalangan makkajo`xorini suvini silqitib, salatga solasiz-da, o`simlik yog`ini qo`shasiz. Tuz namagini sozlashni unutmang.
15 daqiqa.
3 kishilik
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






