Toshkentda bo`lib o`tgan «Made in Uzbekistan» mamlakat iqtisodiy yutuqlari ko`rgazmasida O`zbekiston kompaniyalari hamkorlik to`g`risida 10,5 mln dollarlik shartnomalarniimzoladi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, shartnomalar Quvayt, Tojikiston va Qozog`iston kompaniyalari bilan imzolandi.
Tadbirda avtomobilsozlik, engil sanoat, elektrotexnika, kimyo, tog`-metallurgiya, mebel sanoati, qurilish, farmasevtika, ta`lim va boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatuvchi 220 milliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etdi.






