AsosiySport

BUFFONSIZ JAHON ChEMPIONATI TATIRMIDI...

'BUFFONSIZ JAHON ChEMPIONATI TATIRMIDI...'ning rasmi


Italiya terma jamoasi navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydigan bo`ldi. O`z maydonida — " San-Siro" stadionida Shvesiya jamoasini qabul qilgan italiyaliklar o`yinida hisob ochilmadi.

Birinchi o`yinda 0:1 hisobida mag`lub bo`lgan italiyaliklar ikki natijasiga ko`ra jahon chempionatiga chiqa olmaydi. Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon Shvesiyaga qarshi o`yindan keyin bergan intervyusida ko`zda yosh bilan termadagi faoliyati yakunlanganini ma`lum qildi. Shvesiyaga qarshi o`yin uning uchun so`nggisi bo`lib qoldi. Buffonga qo`shilib Italiya futbolining butun dunyodagi ishqibozlari ham yig`lashdi.

«Italiya termasini yaxshi yigitlarga qoldiraman. Menga hamisha yordam bergan insonlarga rahmat! Rahmat, Italiya! Terma jamoa hali o`z mavqeiga qaytadi. Biz italyanlarmiz, biz hamisha qayta olamiz. Men sizlarga o`zimning Jiji Donnarummamni qoldiryapman. Mattia Perin ham ishonchli», – dedi Buffon RAIga bergan intervyusida. Buffon ketdi...Uning fanatlariga endi jahon chempionati ham tatimaydi...

    Boshqa yangiliklar